SmartDoc Alifbo

Bepul kod

Kodni SmartDoc Alifbo dasturidagi «Faollashtirish» oynasiga kiriting: dastur ko‘pi bilan 3,5 kun to‘liq ishlaydi. Kod har 3,5 kunda yangilanadi.

Kod yuklanmoqda…

  1. Dasturni oching (SmartDoc Alifbo 1.6 yoki yangiroq).
  2. Birinchi ochilishda «Sotib olish / kalitim bor» ni bosing, kodni maydonga kiriting va «Faollashtirish» tugmasini bosing.
  3. Internet kerak: kod bir marta tekshiriladi.

Bir kompyuterda bir kod bir marta ishlaydi. Muddat tugagach, yangi kod bilan yana faollashtirish mumkin. Yangi kodni oldinroq kiritsangiz, qolgan vaqt qo‘shilmaydi. Doimiy litsenziyangiz bo‘lsa, kod kerak emas va ishlatilmaydi. Kod bepul, uni sotish taqiqlanadi.

Kod olish uchun hech qanday harakat talab qilinmaydi: obuna, ro‘yxatdan o‘tish, ism yoki telefon kerak emas.

Dastur 1.5 versiyada bo‘lsa, avval yangilang: kod eski versiyada ishlamaydi.

Telegram’da: @smartdoclabs_bot ga /bepul yozing, bot har hafta yangilanadigan kodni darhol yuboradi; u ko‘pi bilan 7 kun ishlaydi.

Telegram kodi (bot)

Bepul kod shartlari

Bepul kodlar SmartDoc Alifbo foydalanish shartlarining (LITSENZIYA.txt) 4.3.2-bandi asosida beriladi va dasturdan qisqa muddat to‘lovsiz foydalanish huquqini beradi. Saytdagi kod har 3,5 kunda yangilanadi va kiritilgan paytdan ko‘pi bilan 3,5 kun amal qiladi; Telegram kodi @smartdoclabs_bot da /bepul buyrug‘i bilan beriladi, har 7 kunda yangilanadi va ko‘pi bilan 7 kun amal qiladi (Telegram kanalidagi haftalik e’londa ham chiqishi mumkin). Aniq tugash vaqti dasturda ko‘rsatiladi. Ular 2026-yil 16-noyabrdan 2028-yil 16-maygacha berilishi rejalashtirilgan: saytda 157 ta, Telegram’da 79 ta kod; har kodni o‘z davrida istalgan foydalanuvchi kiritishi mumkin. Bu reja kafolat emas: Smart DOC Labs kod berishni istalgan vaqtda to‘xtatishi, tartibini yoki muddatini o‘zgartirishi mumkin va bu haqda shu sahifada e’lon qiladi. Faollashtirilgan kod o‘z muddati tugaguncha ishlaydi. Kod bepul va pulga almashtirilmaydi; uni sotish, pullik xizmat tarkibida berish yoki avtomatlashtirilgan vosita bilan yig‘ish yoki tarqatish taqiqlanadi. Bu shartlar kod berish tugaganidan keyin kamida 6 oy shu sahifada turadi.

Kod beruvchi: Smart DOC Labs (smartdoclabs.uz). Aloqa: Telegram @smartdoclabs_bot. Shaxsiy ma’lumotlar: «Maxfiylik siyosati».

SmartDoc Alifbo