SmartDoc Alifbo · Pro
Maxfiylik siyosati
Versiya: v4.1 (2026-11-11, Doc qarori: sotuvchi = Smart DOC Labs brendi va sayt) · Tahrir: 5 · E'lon qilingan sana: 2026-11-11
Bu siyosat SmartDoc Alifbo (Windows dasturi, Word va Excel plagini, smartdoclabs.uz/alifbo/ sayti, veb-ilovasi va Telegram boti @smartdoclabs_bot) qanday ma'lumotni qayta ishlashini tushuntiradi.
1. Qisqacha
- Hujjatingiz, matningiz va fayllaringiz serverga yuborilmaydi: o'girish kompyuteringiz yoki brauzeringiz ichida bajariladi.
- Telefon raqamingiz, elektron pochtangiz va pasport ma'lumotingiz so'ralmaydi.
- Ariza qoldirsangiz, Telegram profilingizdagi ism va @username Sotuvchiga Telegram xabari sifatida boradi. Ular bizning serverimizda saqlanmaydi (3-bo'lim).
- To'lov Sotuvchi Botda ko'rsatgan usulda qilinadi; Sotuvchi to'lov tushganini o'z hisobida ko'radi. Karta raqami, PIN va SMS kod hech qachon so'ralmaydi.
- Dastur serverga faqat shularni yuboradi: sinovni boshlashda qurilma kodi; faollashtirishda litsenziya kaliti va qurilma kodi; kompyuterdan o'chirishda imzolangan faollashtirish ma'lumoti va qurilma kodi; oyda bir marta tekshirishda litsenziya raqami va qurilma kodi.
2. Ma'lumotlar uchun mas'ul
Ma'lumotlar mulkdori va operatori: Smart DOC Labs (smartdoclabs.uz). Telegram: @smartdoclabs_bot. Shu matndagi "Sotuvchi" so'zi uni bildiradi.
3. Nimalarni qayta ishlaymiz va qancha saqlaymiz
| Ma'lumot | Maqsad | Saqlash muddati |
|---|---|---|
| Ariza kartochkasi: Telegram profilingizdagi ism (ism va familiya maydoni), @username (bo'lsa), ariza raqami, siz yozgan bitta qo'shimcha xabar | siz bilan bog'lanish, to'lovni kelishish, kodni yuborish, kalitni tiklash | serverimizda saqlanmaydi. Sotuvchining Telegram chatida qoladi: oxirgi xabardan 12 oy, keyin o'chiriladi; so'rovingiz bo'yicha oldinroq (9-bo'lim) |
| Ariza va yordam yozuvi serverda: Telegram chat raqami, ariza raqami, vaqti, Sotuvchi chatidagi xabar havolasi | javobni sizga yetkazish | oxirgi xabardan 30 kun |
| Bot orqali yordam: savol va javob | yordam berish | serverda saqlanmaydi; Telegram yozishmasida va Sotuvchi chatida, ko'pi bilan 12 oy |
| To'lov va kod berish yozuvi: sana, summa, to'lov usuli, ariza raqami, berilgan kod raqami | to'lovni tasdiqlash, kalitni tiklash, pulni qaytarish, buxgalteriya va soliq hisobi | qonun buxgalteriya va soliq hujjatlari uchun talab qilgan muddat |
| Kod yozuvi serverda (kodning o'zi emas, faqat himoyalangan izi), berilgan va ishlatilgan holati | kodni bir marta ishlatish | litsenziya bilan birga |
| IP manzilning qaytarib bo'lmaydigan kaliti asosidagi hisoblagichlar (ochiq IP manzil saqlanmaydi) | ortiqcha so'rov va kod terishni cheklash | 24 soat |
| Kod terishga urinishlar uchun vaqtinchalik blok | xavfsizlik | blok tugaguncha (15 daqiqa) |
| Qurilma kodi (MachineGuid'dan olingan xesh; identifikatorning o'zi, apparat seriya raqami yoki MAC manzil emas), faollashtirish va bo'shatish sanalari | 1 kompyuter qoidasi, almashtirish cheklovlari, oylik tekshiruv | litsenziya amal qilgan butun davr |
| Sinov yozuvi (qurilma kodi, boshlanish va tugash vaqti) | bir kompyuterga bir marta sinov | muddatsiz; so'rovingiz bo'yicha qurilma kodi o'chadi, suiiste'molga qarshi qaytarib bo'lmaydigan belgi qoladi |
| Litsenziya yozuvi: kalit, raqam, holat | litsenziyani tasdiqlash, oylik tekshiruv, kalitni tiklash | litsenziya bilan birga; so'rovingiz bo'yicha 9-bo'limdagi tartibda |
| Siz aloqa manziliga yozgan murojaat | javob berish | murojaat yopilgandan keyin 12 oy |
Hujjat matni, fayl nomi va fayl mazmuni bu ro'yxatda yo'q: ular qurilmangizdan chiqmaydi.
To'lov ochilganda. Saytda onlayn to'lov yoqilsa, to'lov tizimi orqali qayta ishlanadigan ma'lumot (buyurtma, tranzaksiya raqami, chek) shu siyosatning yangi tahririda to'lov ochilishidan oldin e'lon qilinadi.
4. Nimalarni yig'maymiz
- hujjat va matn mazmuni, fayl nomlari;
- telefon, elektron pochta, pasport, manzil;
- to'liq bank karta raqami, amal qilish muddati, CVV, PIN va SMS kod;
- MachineGuid'ning o'zi, apparat seriya raqami, MAC manzil;
- joylashuv, kontaktlar, mikrofon yoki kamera ma'lumotlari;
- reklama va kuzatuv maqsadidagi cookie'lar va tahlil vositalari;
- biometrik va genetik ma'lumot.
To'lov qilganingizda bankingiz yoki to'lov ilovangiz Sotuvchiga ismingizni yoki karta raqamining yashirilgan qismini ko'rsatishi mumkin. Sotuvchi buni faqat to'lovni tekshirish uchun ko'radi va serverga yozmaydi.
5. Kompyuteringizda nima saqlanadi
Windows dasturi kompyuteringizda saqlaydi: litsenziya kaliti yoki raqami; Sotuvchi raqamli imzosi bilan tasdiqlangan faollashtirish yoki sinov ma'lumoti; oxirgi tekshiruv vaqti; sinovda o'girilgan fayllar soni (nomi va mazmuni emas); Dastur sozlamalari. Qurilma kodi har safar shu kompyuterda hisoblanadi.
Saytda kod kiritsangiz, litsenziya kaliti shu brauzer xotirasida 30 kun yoki "Kalitni saqladim, yashirish" tugmasini bosguningizcha turadi. Umumiy kompyuterda tugmani bosing.
Serverga nima va qachon ketadi:
| Holat | Yuboriladi |
|---|---|
| Sinovni boshlash | qurilma kodi |
| Kodni Saytda kiritish | kod, qurilma kodi |
| Faollashtirish | litsenziya kaliti, qurilma kodi |
| "Bu kompyuterdan o'chirish" | imzolangan faollashtirish ma'lumoti, qurilma kodi |
| Oylik tekshiruv (internet bo'lsa, oyda 1 marta) | faqat litsenziya raqami va qurilma kodi |
| Saytdagi "Telegram'da ariza qoldirish" | Saytdan hech narsa ketmaydi; Telegram Botga ism, @username va chat raqamini beradi |
Dastur Saytni ochganda qurilma kodi havolaning serverga yuborilmaydigan qismida (# belgisidan keyin) turadi. Har bir so'rovda tarmoq manzilingiz texnik jihatdan serverga keladi; u faqat 3-bo'limdagi hisoblagich kaliti uchun ishlatiladi. Matn va fayllar hech qachon yuborilmaydi.
6. Asos
Ma'lumotlar siz bilan tuziladigan yoki tuzilgan shartnomani (ommaviy oferta, ariza va to'lov) bajarish, qonundagi buxgalteriya va soliq majburiyatlari, xizmat xavfsizligi va suiiste'molning oldini olish bo'yicha qonuniy manfaat hamda ariza tugmasini bosib bergan roziligingiz asosida qayta ishlanadi. Faqat maqsadga zarur va yetarli hajm olinadi.
7. Uchinchi tomonlar
Ma'lumotingiz sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Xizmat ishlashi uchun:
- Telegram: ariza va yozishma Telegram orqali o'tadi; Telegram chat raqamingiz, profil nomingiz va xabarlaringizni o'z qoidalari bo'yicha qayta ishlaydi. Litsenziya kaliti Botga yozilmaydi; kod Botda yuboriladi. Telegram'dan foydalanmasangiz, aloqa manziliga yozing. Telegram siyosati: telegram.org/privacy.
- Cloudflare (xosting va xavfsizlik): Sayt, Bot va faollashtirish xizmati shu yerda ishlaydi; 3-bo'limdagi server yozuvlari G'arbiy Yevropa mintaqasidagi bazada saqlanadi. Cloudflare siyosati: cloudflare.com/privacypolicy.
- Bank yoki to'lov tizimi, siz to'lov uchun tanlagan: to'lovni o'z qoidalari bo'yicha qayta ishlaydi.
- Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlari so'roviga binoan.
Ariza kartochkasi, yozishma va to'lov ma'lumoti sun'iy intellekt xizmatlariga yuborilmaydi.
8. Chet elda saqlash
Cloudflare'dagi yozuvlar O'zbekiston tashqarisida saqlanadi va bu O'zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Telegram chet el xizmati: unga o'zingiz yozasiz; istamasangiz aloqa manzilidan foydalanasiz.
9. Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagilarni so'rashingiz mumkin:
- siz haqingizda qanday ma'lumot borligi, maqsadi, usuli, oluvchilari, muddati va chet elga uzatilishi haqida axborot;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (murojaatdan keyin 3 kundan kechiktirmay);
- ma'lumotni o'chirish yoki ishlov berishni vaqtincha to'xtatish;
- bergan roziligingizni qaytarib olish.
Botga yoki aloqa manziliga (2-bo'lim) yozing. Javob 10 kun ichida; axborot berish rad etilsa, sababi 10 kun ichida yozma xabar qilinadi. Vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish huquqingiz saqlanadi.
O'chirish so'rovida Sotuvchi chatidagi ariza kartochkasi va yozishma o'chiriladi. Bunda kalitni Bot orqali tiklash qiyinlashadi: kalitni o'zingiz saqlang. Litsenziyani ham o'chirishni so'rasangiz, u bekor qilinadi va qurilma yozuvlari o'chiriladi; litsenziya yozuvi "bekor qilingan" holatida qoladi, bu Pro keyingi onlayn tekshiruvda to'xtashi uchun kerak. Qonun saqlashni talab qiladigan to'lov yozuvlari faqat o'sha muddat tugaguncha saqlanadi va boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
10. Xavfsizlik
Server bilan aloqa shifrlangan (HTTPS). Kodlar serverda ochiq holda emas, faqat himoyalangan iz ko'rinishida saqlanadi. IP manzil ochiq saqlanmaydi. Ma'lumotlarga kirish Sotuvchi bilan cheklangan. Arizadagi ism va xabar matni buyruq sifatida bajarilmaydi. Ma'lumot sizib chiqishi aniqlansa, qonundagi tartibda choralar ko'riladi.
11. Bolalar
Xizmat yoshni so'ramaydi va bolalar haqida maxsus ma'lumot yig'maydi. 18 yoshga to'lmagan foydalanuvchi ariza va to'lovni ota-onasi yoki qonuniy vakili orqali amalga oshiradi.
12. O'zgarishlar
Yangi tahrir shu sahifada sanasi bilan e'lon qilinadi. Yig'iladigan ma'lumot turi ko'paysa, buni Saytda alohida ko'rsatamiz.