1-variant: botdan olingan kod bilan (eng oddiy)
- Dasturni yuklab oling va örnating.
- @smartdoclabs_bot da «LITSENZIYA» tugmasini bosing va kod oling.
- Dasturda «Sotib olish / kalitim bor» ni bosing, kodni kiriting va «Faollashtirish» ni bosing. Tayyor.

SmartDoc Alifbo · Smart DOC Labs
Hujjatlarni yangi özbek lotin alifbosiga kompyuterda ögiring: .docx, .xlsx, .pptx va matn fayllari. Saytdagi bepul konvertor 1000 sözgaça işlaydi.
Bu sahifa yangi özbek alifbosida yozilgan
3 kun bepul, 30 ta faylgaça
Örnatuvçi oçilmasa, arxiv şaklida yuklab oling«Qöştirnoq» içida dastur tugmalari, qalin yozuvda sayt tugmalari.
Yöriqnomani PDF qilib yuklab oliş
Brauzerda smartdoclabs.uz saytini oçing va yuqoridagi Loyihalar bölimiga öting.

Yangi alifbo konvertori kartoçkasida Oçiş ni bosing, keyin Windows dasturi va Word/Excel plagini havolasini bosing. Qisqa yöl: manzil qatoriga smartdoclabs.uz/alifbo deb yozing.

Windows dasturini yuklab oliş tugmasini bosing: SmartDoc_Alifbo_Setup.exe yuklanadi. Brauzer faylni kam yuklanadigan deb ogohlantirsa, yuklanmalar röyxatida faylni saqlaşni tanlang.

Yuklangan faylni ikki marta bosing. Kök Windows oynasi çiqişi mumkin («Windows protected your PC», rasmda rusça). Bu odatiy holat: dastur yangi va hali raqamli imzosiz, şuning uçun Windows uni tanimaydi. Faylni faqat smartdoclabs.uz dan olgan bölsangiz davom eting: matn ostidagi havolani, More info ni bosing (rusça Windows’da «Podrobnee»).

Keyin Run anyway tugmasini bosing (rusça Windows’da «Vypolnit v lyubom sluçae», rasmda 1 raqami). Windows va antivirus sozlamalarini özgartiriş şart emas.

Örnatuvçi oçiladi. Ogohlantirişni öqing va «Keyingi» ni bosing.

Şartlarni öqing, «Şartlarni qabul qilaman» ni belgilang va «Keyingi» ni bosing.

Qismlarni tanlang. Windows dasturi majburiy, Word va Excel plaginini xohlasangiz olib taşlaysiz. Bitta litsenziya uçalasiga yetadi. «Keyingi», söng «Örnatiş» ni bosing.

«Microsoft Word oçiq» yoki «Microsoft Excel oçiq» yozuvi çiqsa: hujjatingizni saqlang, şu dasturni yoping, «Orqaga» ni bosing va yana «Örnatiş» ni bosing.

«Dasturni oçiş» belgisini qoldirib, «Tugatiş» ni bosing. Keyin dastur Start menyusidan oçiladi.

Dastur birinçi marta oçilganda ikki tugma çiqadi. Sinaş uçun «3 kun bepul sinash» ni bosing: bir marta internet kerak, 3 kun içida jami 30 ta faylgaça. Promo-kod yoki kalitingiz bölsa, «Sotib olish / kalitim bor» ni bosing va keyingi bölimga öting.

Foydalaniş şartlarini öqib, «Qabul qilaman» ni bosing.

Dastur tayyor. Faylni oynaga sudrab taşlang va «Ögiriş» ni bosing. Pastda sinovdan qança qolgani körinadi.

1-variant (eng oddiy): «Sotib olish / kalitim bor» ni bosing, botdan olgan kodingizni «Litsenziya kaliti yoki botdan olingan kod» maydoniga kiriting va «Faollashtirish» ni bosing. Tayyor: kalit oynada körsatiladi va kompyuterda saqlanadi. Saytga ötiş şart emas.
2-variant (sayt orqali kalit): «Sotib olish / kalitim bor» oynasida «Saytga o‘tish» ni bosing. Sayt qurilma kodi bilan oçiladi. Kalitingiz tayyor bölsa, kalitni qöyiş qadamiga öting.

Saytda promo-kodni kiriting va Tekşiriş ni bosing, rozilik belgisini qöyib Faollaştiriş ni bosing.

Kalit çiqadi. Nusxa oliş ni bosing va kalitni saqlab qöying: u botga va çatga yuborilmaydi.

Dasturga qayting, kalitni qöying va «Faollashtirish» ni bosing. Tayyor: dastur va plagin işlaydi.

Kod oliş: @smartdoclabs_bot da «LITSENZIYA» tugmasini bosing. Bot narxni aytadi; rozi bölsangiz «Ha» deb yozing, 24 soat içida boğlanib, kod yuboramiz.
Dasturni Start menyusidan oçing. Yuqorida «Manba» qatorida «Avto» (1), «Natija» qatorida «Yangi lotin» (2) tanlangan bölsin: dastur kirill va eski lotin yozuvini özi aniqlaydi.
Word (.docx), Excel (.xlsx), PowerPoint (.pptx) yoki matn faylini oynaga sudrab taşlang yoki «Fayl tanlaş» ni bosing (1), söng «Ögiriş (F5)» ni bosing (2). «Natija joyi» da «Asl fayl yonida» (3) tanlangan bölsa, natija asl fayl yonida, nomiga _yangi_lotin qöşilgan alohida fayl bölib saqlanadi. Asl fayl özgarmaydi.
Word’da: yuqoridagi «Alifbo» bölimini oçing (1) va «Hammasi → Yangi» ni bosing (2): hujjatning hamma qismi yangi alifboga ögiriladi. Natija yoqmasa, Ctrl+Z bilan qaytaring.
Excel’da: «Alifbo» bölimini oçing (1), «Yönaliş» röyxatida «Avto → Yangi lotin» ni tanlang, söng «Belgilangan», «Varaq» yoki «Kitob» tugmasini bosing. «Kitob» butun faylni ögiradi. Formulalar, sonlar va sanalarga tegilmaydi; bekor qiliş: Ctrl+Z.
Natijani tekşiring: ism-familiya, atama va qisqartmalarni közdan keçiring. Kirill yozuvidagi rusça söz ham lotinga ötib qolişi mumkin. Muhim hujjatning asl nusxasini saqlab qöying.
Kompyuter almaştiriş: eski kompyuterda «Haqida», söng «Bu kompyuterdan o‘chirish» ni bosing (internet kerak), keyin kalitni yangi kompyuterda kiriting. Eski kompyuter yöqolgan bölsa, Pro sahifasidagi Barça qurilmalarni böşatiş bölimidan foydalaning.

Dasturni olib taşlaş: Windows sozlamalarida SmartDoc Alifböni toping va öçiring. Bu litsenziyani böşatmaydi: kerak bölsa, avval «Bu kompyuterdan o‘chirish» ni bosing.
Savollar: @smartdoclabs_bot, 24 soat içida javob beramiz.
Fayllarni kompyuterning özida ögiradi: şrift, jadval va formulalar saqlanadi. Matn va fayllar yuborilmaydi.
Hujjatni ofis dasturidan çiqmasdan yangi alifboga ögiring. Plagin dastur litsenziyasi bilan işlaydi.
Matnni brauzerda bepul ögiring: 1000 sözgaça. Fayllarni ögiriş Windows dasturida.
Maxfiylik. Saytdagi konvertor brauzeringiz içida işlaydi: matn heç qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
Natijani tekşiring. Konvertatsiya avtomatik bajariladi. Rasmiy hujjatni topşirişdan oldin natijani köz bilan tekşirib çiqing.