SmartDoc Alifbo · Pro
Shaxsiy kodlar
Versiya: v5.0 (2026-11-16) · Tahrir: 6 · E'lon qilingan sana: 2026-11-16
1. Bepul foydalanish va narx
1.1. Narx va to'lov shartlari ommaviy ofertada; ular to'lov ochilgandan keyin amal qiladi.
1.2. Dasturdan to'lovsiz foydalanish yo'llari: 3 kunlik bepul sinov; aylanuvchi bepul kodlar (shartlari Saytdagi "Bepul kod" sahifasida: smartdoclabs.uz/alifbo/kod/); quyidagi shaxsiy kodlar. Saytdagi bepul vosita (1000 so'zgacha) to'lovsiz ishlayveradi.
1.3. 2026-yil 10-11-noyabrda e'lon qilingan "6 oy tekin" va "11.11" promo-kod takliflari 2026-yil 11-noyabrdan to'xtatilgan. Bungacha shu kod bilan olingan litsenziya o'z shartida saqlanadi.
2. Shaxsiy kodlar
2.1. Sotuvchi o'z xohishiga ko'ra ayrim shaxslarga to'lovsiz shaxsiy kod berishi mumkin. Shaxsiy kod ommaviy e'lon qilinmaydi. Uni so'rab olish huquqi yo'q.
2.2. Shaxsiy kod shartlari:
- bir martalik: kod bir marta ishlatiladi, uni birinchi kiritgan shaxs litsenziya kalitini oladi;
- doimiy: kod pullik litsenziya bilan bir xil muddatsiz litsenziya beradi (ofertaning 6.1-bandi, yangilanish sharti bilan birga), bir vaqtda 1 kompyuterda;
- o'tkazilmaydi: kodni va u bilan olingan kalitni boshqa shaxsga berish, sotish yoki ommaviy e'lon qilish taqiqlanadi;
- pulga yoki boshqa tovarga almashtirilmaydi; to'lov bo'lmagani uchun qaytariladigan summa yo'q.
2.3. Shaxsiy kod Botda faqat egasiga yuboriladi. Kodni Dasturdagi "Faollashtirish" oynasidagi kod maydoniga yoki Saytdagi "Promo-kod" maydoniga kiritasiz va litsenziya kaliti chiqadi. Kalitni saqlang; yo'qolsa, ofertaning 8-bo'limi bo'yicha Botga yozing.
2.4. Kod ommaga tarqalgani, sotilgani yoki avtomatlashtirilgan vosita bilan terilgani aniqlansa, Sotuvchi shu kodni va u bilan olingan kalitni bekor qilishi mumkin.
2.5. Kompyuter qoidalari, oylik tekshiruv va kalitni tiklash ofertaning 7 va 8-bo'limlari bo'yicha.
3. Aloqa
Sotuvchi: Smart DOC Labs (smartdoclabs.uz). Telegram: @smartdoclabs_bot.