SMARTDOC ALIFBO PRO 1.5 - paket (Smart DOC Labs)
Kirill, eski lotin va yangi o'zbek lotin alifbosi (O' -> Ö, G' -> Ğ, Sh -> Ş, Ch -> Ç) orasida o'giradi.
Windows dasturi va Word/Excel plagini - sinov yoki Pro litsenziya bilan ishlaydi. Bepul vosita (1000 so'zgacha matn,
o'rnatishsiz): smartdoclabs.uz/alifbo/

PAKET TARKIBI
  Dasturni_ornatish.bat          - Windows dasturini o'rnatadi (admin huquqi kerak emas)
  Dasturni_olib_tashlash.bat     - Windows dasturini olib tashlaydi
  Ornatuvchi\                    - o'rnatish skriptlari (yuqoridagi .bat fayllar ishlatadi)
  Dastur\AlifboKonvertor\        - dastur fayllari (AlifboKonvertor.exe + _internal)
  Ornatish.bat, Olib_tashlash.bat, Word_plagin\, Excel_plagin\ - Word va Excel plaginlari (paketda bo'lsa)
  Namuna\namuna_hujjat.docx      - sinash uchun aralash hujjat
  OQING.txt, LITSENZIYA.txt, THIRD_PARTY_LICENSES.txt, SHA256.txt

1) O'RNATISH
  - ZIP faylni papkaga to'liq chiqarib oling (ZIP ichidan to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirmang).
  - Dasturni_ornatish.bat ni ikki marta bosing. Dastur sizning foydalanuvchi papkangizga o'rnatiladi:
      %LOCALAPPDATA%\SmartDocLabs\AlifboKonvertor\app\AlifboKonvertor.exe
    Start menyuda "SmartDoc Alifbo" yorlig'i paydo bo'ladi.
  - O'rnatuvchi paketdagi har bir dastur faylini SHA256.txt bilan tekshiradi; mos kelmasa to'xtaydi.
  - Foydalanish shartlari oynasi chiqadi: "Qabul qilaman" bosilmasa dastur ishlamaydi.

2) 3 KUNLIK BEPUL SINOV
  - Birinchi ochilishda dastur tanlov beradi: "3 kun bepul sinash" yoki "Sotib olish / kalitim bor".
  - Sinovda Pro'ning hamma imkoniyati ishlaydi; 3 kun ichida jami 30 ta faylgacha o'girish mumkin (matn cheklanmaydi).
    Boshlash uchun bir marta internet kerak.
  - Sinov bir kompyuterga bir marta beriladi; dasturni olib tashlab qayta o'rnatish yangi sinov bermaydi.
  - 3 kundan keyin dastur "Muddat tugadi, faollashtirish uchun to'lov kerak" deydi va saytga yo'naltiradi.
    Pul avtomatik yechilmaydi.
  - Avval sinab ko'ring. Kalit faollashtirilgandan keyin, Pro tavsifga mos ishlasa, to'lov qaytarilmaydi
    (istisnolar: saytdagi oferta, 9-bo'lim).

3) SOTIB OLISH: KALIT BIRINCHI MARTA SAYTDA CHIQADI
  - "Saytga o'tish" tugmasini bosing yoki smartdoclabs.uz/alifbo/pro/ ni oching (qurilma kodi o'zi to'ldiriladi).
  - Tarifni tanlang: Oylik (30 kun), 6 oylik (183 kun), 2 yillik (730 kun) yoki Doimiy litsenziya. Narxlar saytda.
  - Sayt buyurtma kodi (ALF-XXXXXX) va summani beradi. Click orqali shu summani to'lang.
  - Saytdagi tugma orqali Telegram botga o'ting va to'lov chekini botga yuboring.
  - Chek tekshirilgach kalit (SDA-XXXX-XXXX-XXXX) buyurtma sahifasida chiqadi, to'lovdan keyin 12-36 soat ichida.
    Bot kalit tayyorligini xabar qiladi, kalitning o'zini faqat sayt ko'rsatadi. Buyurtma kodi va kalitni saqlab qo'ying.
  - Promo-kod bilan to'lovsiz olingan litsenziya birinchi faollashtirishdan 6 oy (183 kun) ishlaydi, keyin to'xtaydi
    (shaxsiy kodda shu kod uchun belgilangan muddat amal qiladi).

4) KALITNI KIRITISH
  - Dasturda "Sotib olish / kalitim bor" -> kalitni kiriting -> "Faollashtirish" (internet kerak).
  - Internet bo'lmasa: saytdan qurilma kodi uchun ruxsat faylini (.alifbo) olib, "Ruxsat faylini (.alifbo) tanlash" bilan qo'shing.
  - DOIMIY LITSENZIYA (bir martalik to'lov): Dasturdan muddatsiz foydalanish, bir vaqtda 1 kompyuterda. 2 yil faqat
    yangilanishlarga tegishli; 2 yildan keyin ham dastur muddat yoki versiya sababli to'xtamaydi.
    Oylik, 6 oylik va 2 yillik - o'z muddati davomida; tugashiga 14 kun qolganda dastur ogohlantiradi. Batafsil: saytdagi oferta.

5) INTERNET VA MA'LUMOT
  - Hujjatlarni o'girish INTERNETSIZ, kompyuteringizda bajariladi. Hujjat va matningiz HECH QACHON yuborilmaydi.
  - Dastur internetga faqat 4 holatda ulanadi: sinovni boshlash, kalitni faollashtirish, "Bu kompyuterdan o'chirish"
    va oyda bir marta fonda litsenziya tekshiruvi. Serverga faqat kalit yoki litsenziya raqami va qurilma kodi boradi.
  - Oylik tekshiruvda server litsenziya shu kompyuterda faol emasligini aytsa, Pro to'xtaydi.
    Internet yoki server bo'lmasa, dastur ishlashda davom etadi (Doimiy litsenziya ham).
  - Chek Telegram orqali yuboriladi; u yerda ko'rinadigan ma'lumot: saytdagi Maxfiylik siyosati.

6) KOMPYUTERNI ALMASHTIRISH, QAYTA O'RNATISH, YANGILASH
  - Kompyuter almashtirish: eski kompyuterda dasturni oching, "Haqida" -> "Bu kompyuterdan o'chirish" (internet kerak,
    30 kunda ko'pi bilan 2 marta). Keyin kalitni yangi kompyuterda kiriting.
    Eski kompyuter yo'qolgan bo'lsa: sayt orqali (cheklovlar ofertaning 7-bo'limida).
  - Dasturni olib tashlash litsenziyani serverda bo'shatmaydi: boshqa kompyuterga o'tishdan oldin yuqoridagi tugmani bosing.
  - Yangi versiya: yangi paketdagi Dasturni_ornatish.bat ni ishga tushiring. Faollashtirish saqlanadi
    (eski nusxa app.bak papkasida qoladi). Eskiroq versiya yangisi ustidan o'rnatilmaydi.
  - Olib tashlab shu kompyuterga qayta o'rnatish ham faollashtirishni saqlaydi.
  - Windows qayta o'rnatilsa, qurilma kodi o'zgarishi va yangi kompyuter hisoblanishi mumkin.
  - Dastur "Kompyuter soatini tekshiring" desa: soat to'g'ri bo'lsa, saytdan shu kompyuter uchun yangi ruxsat
    faylini olib, dasturga qo'shing.

7) WORD VA EXCEL PLAGINLARI
  - Word va Excel'ni yoping, Ornatish.bat ni ikki marta bosing. Word yoki Excel'da "Alifbo" bo'limi paydo bo'ladi.
  - Plaginlar shu kompyuterda o'rnatilgan dastur va faol sinov yoki litsenziya orqali ishlaydi: ular bo'lmasa,
    plagin o'girmaydi va dasturni ochishni so'raydi.
  - O'chirish: Olib_tashlash.bat.

8) OLIB TASHLASH
  - Dasturni_olib_tashlash.bat ni bosing yoki Windows Sozlamalar > Ilovalar ro'yxatida "SmartDoc Alifbo" ni
    tanlab "O'chirish" ni bosing. Faollashtirish fayllari saqlanadi (qayta o'rnatsangiz litsenziya ishlaydi).

9) WINDOWS OGOHLANTIRISHI VA PAKET HAQIQIYLIGI
  Dastur va o'rnatish skriptlari hozircha raqamli kod-imzosiz (Authenticode sertifikati yo'q). Shuning uchun
  Windows yoki antivirus "noma'lum nashriyotchi" deb ogohlantirishi mumkin. Bu ogohlantirish fayl xavfli degani
  emas, lekin xavfsiz degani ham emas: nashriyotchini Windows tasdiqlay olmaydi.
  Windows, SmartScreen, antivirus yoki Office xavfsizlik sozlamalarini o'chirmang va pasaytirmang.
  Paket haqiqiyligini faqat shu yo'l bilan tekshiring:
     Get-FileHash .\Alifbo_Paket_v1.5.zip
  natija smartdoclabs.uz/alifbo/ sahifasida e'lon qilingan SHA-256 xesh bilan bir xil bo'lishi kerak.
  Xesh mos kelmasa yoki fayl boshqa joydan olingan bo'lsa, uni ochmang. Paket ichidagi SHA256.txt faqat
  tasodifiy buzilishdan (uzilgan yuklash, nusxalash xatosi) himoya qiladi, haqiqiylik kafolati emas.
  Xesh mos bo'lsa-yu, Windows baribir so'rasa, qarorni o'zingiz qabul qilasiz. Shubha bo'lsa, o'rnatmang va
  bepul sayt vositasidan foydalaning. Word/Excel plaginlari ham imzosiz makro (VBA) saqlaydi: Office makro
  himoyasini o'chirmang.

10) NUSXA HIMOYASI HAQIDA (HALOL IZOH)
  Faollashtirish qurilma kodiga, ya'ni Windows o'rnatmasiga bog'lanadi: papkani boshqa kompyuterga nusxalash
  litsenziyani ko'chirmaydi. Bu kuchli nusxa himoyasi emas.

TALAB: Windows 10/11 (64-bit). Plaginlar uchun kompyuter versiyasidagi Microsoft Word / Excel (2016, 2019, 2021,
Microsoft 365). Mac, telefon va brauzer versiyasida ishlamaydi.
MUHIM: Avto rejim taxminiy. Muhim hujjatni o'girgach, bir ko'zdan kechirib chiqing; asl faylning nusxasini saqlang.
RASMIY MANBA: smartdoclabs.uz/alifbo/. Boshqa joydan olingan fayl bizniki emas.
Foydalanish shartlari: LITSENZIYA.txt va saytdagi ommaviy oferta.
